Foydalanish shartlari
Udemere.uz platformasiga xush kelibsiz! Iltimos, quyidagi shartlarni diqqat bilan o‘qing. Ushbu sayt va undagi xizmatlardan foydalanish orqali siz shartlarga rozilik bildirgan hisoblanasiz.
1. Intellektual mulk va kontent huquqlari
Udemere.uz’dagi barcha materiallar — maqolalar, qo‘llanmalar, kod namunalar, grafikalar va boshqa mazmun (bundan buyon “Kontent”) — Udemere.uz jamoasi tomonidan yaratilgan yoki litsenziya asosida joylashtirilgan intellektual mulkdir. Kontentni ruxsatsiz ko‘chirish, nusxalash, qayta chop etish yoki tarqatish qat’iyan taqiqlanadi.
2. Foydalanish cheklovlari
Udemere.uz kontentidan faqat shaxsiy va notijorat maqsadlarda foydalanishga ruxsat beriladi. Quyidagilar man etiladi:
- Kontentni boshqa platforma yoki resurslarga ko‘chirish yoki tarqatish;
- Kontentni ruxsatsiz o‘zgartirish, qayta ishlash yoki tijorat maqsadida foydalanish;
- Kontentni uchinchi tomon saytlariga joylashtirish.
Udemere.uz’dagi barcha materiallar CC-BY-NC-SA litsenziyasi asosida nashr etiladi. Batafsil:
https://creativecommons.org/licenses/by-nc-sa/3.0/legalcode3. Mas’uliyat va javobgarlik
Udemere.uz jamoasi saytimizda taqdim etilayotgan ma’lumotlar va kontentning aniqligi hamda to‘liqligini doimo ta’minlashga harakat qiladi. Biroq, ba’zi xatolik yoki noaniqliklar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. Saytdagi ma’lumotlar umumiy ma’lumot va o‘quv maqsadlarida taqdim etiladi.
4. Tashqi platformalar va havolalar
Saytda uchinchi tomon veb-saytlarga havolalar bo‘lishi mumkin. Udemere.uz tashqi resurslar mazmuni uchun javobgar emas va ular ustidan nazoratga ega emas.
5. Shartlarga o‘zgartirishlar
Udemere.uz ushbu Foydalanish shartlarini istalgan vaqtda o‘zgartirish huquqiga ega. Shartlardagi o‘zgarishlar saytimizda e’lon qilinadi va kuchga kiradi.
6. Bog‘lanish
Savollar yoki takliflar uchun biz bilan bog‘lanishingiz mumkin:
info@udemere.com